UZ EN RU
+998 99 264 50 04

Arxiv

Barcha yangiliklar

Maktab va oʻquv markazi hayotidan barcha xabarlar.

Grant

GIST University (Janubiy Koreya) — 4 yillik 100% grant, Fall 2027

GIST — Gwangju Institute of Science and Technology — Janubiy Koreyaning ilm-fan, IT va muhandislik sohalariga ixtisoslashgan nufuzli davlat universitetlaridan biri.

Fall 2027 qabuli doirasida bakalavr bosqichida kontrakt toʻlovisiz, 100% grant asosida oʻqish imkoniyati mavjud.

Grant va imtiyozlar

  • 4 yil — 100% kontrakt granti
  • Oylik stipendiya olish imkoniyati
  • Koreyaga aviachipta uchun moliyaviy yordam
  • Tibbiy sugʻurta boʻyicha qoʻllab-quvvatlash
  • Ingliz tilida taʼlim olish imkoniyati
  • Zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy tadqiqotlar

Taʼlim yoʻnalishlari

  • Computer Science & Electrical Engineering
  • Mechanical Engineering
  • Materials Science & Engineering
  • Physics, Chemistry & Life Sciences
Qabul muddatlari
  • 1-dekabr 2026boshlanishi
  • 29-yanvar 2027deadline

LSL Consulting orqali avval ham oʻquvchimiz ushbu universitetga qabul qilingan. Hujjatlaringizni oldindan tayyorlang:

Tashrif

Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti vakillari LSL Schoolga tashrif buyurdi

Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti vakillari LSL Consulting tashkil etgan uchrashuv doirasida LSL Schoolga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida universitet vakillari va nomzodlar oʻrtasida qabul suhbatlari boʻlib oʻtdi.

LSL Consulting xalqaro taʼlim sari yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi.

Olimpiada

Xalqaro olimpiadalar sari yoʻl LSL Schooldan boshlanadi

Maktabimizda xalqaro fan olimpiadalari va ularda ishtirok etish imkoniyatlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida matematika, xorijiy tillar, STEM va dasturlash yoʻnalishlaridagi musobaqalar, onlayn saralash bosqichlari hamda Yevropa va AQShda oʻtkaziladigan grand finallar haqida maʼlumot berildi.

Bunday olimpiadalar oʻquvchilarga bilimini xalqaro maydonda sinash, yangi tajriba orttirish va shaxsiy portfoliosini boyitish imkonini beradi.

LSL School — katta maqsadlar sari dadil qadam!

Qabul

Milliy sertifikat kursiga qabul ochildi

LSL Schoolda Milliy sertifikat kursiga qabul boshlandi. Darslarni tajribali ustoz Akramjon Oʻrinov olib boradi.

Milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorlanish va yuqori natijaga erishish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting.

Dars kunlari
  • Dushanba15:00
  • Chorshanba15:00
  • Juma15:00

Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot:

Tadbir

Koreya, Yaponiya va Angliyadagi talabalar bilan onlayn uchrashuv

10–11-sinf oʻquvchilarimiz Koreya, Yaponiya va Angliyada tahsil olayotgan talabalar hamda oʻqishni tamomlab, oʻz sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan onlayn uchrashuvda qatnashdi.

Mehmonlar xorijdagi taʼlim va ish muhiti, kundalik hayot, mahalliy aholi bilan muloqot hamda yangi sharoitga moslashish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari haqida shaxsiy tajribalarini boʻlishdi. Oʻquvchilarimiz esa oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, bevosita javob olishdi.

Bunday suhbatlar kelajak haqida oʻylayotgan oʻquvchilarimizga chet eldagi hayotni yaqindan tasavvur qilish, imkoniyatlarni anglash va oʻz maqsadlari sari ongli qadam tashlashda yordam beradi.

Maktab hayoti

Maktab avtobusi — oʻquvchilar uchun qulay va xavfsiz qatnov

LSL Schoolda oʻquvchilarning taʼlimi bilan birga, ularning qulayligi va xavfsizligi ham muhim.

Shu maqsadda tashkil etilgan maktab avtobusi oʻquvchilarning maktabga kelib-ketishini yanada tartibli va qulay qiladi. Bu esa nafaqat oʻquvchilar, balki ota-onalar uchun ham katta yengillik.

LSL School — sifatli taʼlim va oʻquvchi uchun yaratilgan qulay muhit.

Bayram

Ustoz va murabbiylar kuni muborak!

Ustoz — qalblarga ilm ziyosini ulashib, kelajakka yoʻl koʻrsatuvchi aziz inson. Barcha ustozlarimizni kasb bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Ularga mustahkam sogʻliq, kuch-gʻayrat va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Bayram kunlari tartibi
  • 30-sentabroʻquvchilar soat 14:00 da uylariga ruxsat etiladi
  • 1-oktabrLSL Schoolda dam olish kuni
Mukofot
Anvar Urunov
Anvar UrunovLSL School direktori

Maktabimiz direktori Anvar Urunov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan LSL School direktori Anvar Jamoliddinovich Urunov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Bu yuksak davlat mukofoti — taʼlim sohasidagi koʻp yillik fidoyi mehnat, ustozlik va oʻquvchilarning kelajagi yoʻlida qilingan izchil harakatlarning eʼtirofidir.

Anvar Jamoliddinovich rahbarligida maktabimiz qisqa vaqt ichida oʻz yoʻlini topdi: oʻquvchilarimiz xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritmoqda, bitiruvchilarimiz nufuzli universitetlarga qabul qilinmoqda. Bu mukofot — butun jamoamiz uchun ham faxr, ham masʼuliyat.

Ustozimizni chin dildan tabriklaymiz va faoliyatlarida yangi marralar tilaymiz.

Maktab hayoti

Mardonbek Teacher bilan Speaking Club davom etmoqda

Ingliz tilida Speaking koʻnikmalaringizni mustahkamlab, rivojlantirmoqchi boʻlgan faol oʻquvchilar uchun Speaking Club mashgʻulotlari davom etmoqda.

Mashgʻulotlarni Mardonbek Teacher olib boradi — Speaking boʻyicha 8.0, Standard IELTS, CEFR va General English yoʻnalishlari.

Mashgʻulot kunlari
  • Seshanba08:00
  • Payshanba08:00
  • Shanba08:00

Maktab kutubxonasida

Yutuq

8-sinf oʻquvchimiz Ruxshona Yakubjanova HSK 2-daraja sertifikatini qoʻlga kiritdi

8-sinf oʻquvchimiz Ruxshona Yakubjanova xitoy tili boʻyicha HSK 2-daraja sertifikatini muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Avval HSK 1 bosqichini egallagan Ruxshona endi oʻz bilimini keyingi darajada ham tasdiqladi.

Bu natija — izchil mehnat, kuchli tayyorgarlik va maqsad sari muntazam harakatning samarasi.

Ruxshonani ushbu yutugʻi bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

LSL School — bilimdan natijagacha.

Maktab hayoti

Turkiyadan kelgan Rıdvan LSL School haqida: sharoit, samimiylik va eʼtibor

Baʼzan maktabni faqat darslar emas, undagi muhit, insonlar va oʻquvchiga boʻlgan munosabat qadrlatadi.

Turkiyadan kelib, bugungi kunda LSL School’ning 11-sinfida tahsil olayotgan Rıdvan ham maktabimiz haqidagi taassurotlarini aynan shu jihatlar bilan bogʻlaydi. U maktabdagi sharoitlar, samimiy atmosfera, ustozlarning eʼtibori va doʻstlari bilan shakllangan muhitni alohida qadrlashini taʼkidladi.

Biz uchun oʻquvchining maktabga shunchaki taʼlim maskani sifatida emas, balki oʻzini erkin va ishonchli his qiladigan joy sifatida qarashi juda muhim.

Farzandingiz uchun ham kuchli taʼlim va sogʻlom muhitni tanlang. Qabul jarayoni boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlaning.

Yutuq

10-sinf oʻquvchimiz Nurhayot Amerika kompaniyasiga ishga qabul qilindi

10-sinf oʻquvchimiz Nurhayot Amerikaning LUXODD kompaniyasiga ishga qabul qilindi.

Bu — yosh boʻlish katta maqsadlarga erishishga toʻsqinlik qilmasligining yana bir isboti. Bilim, izlanish va amaliy koʻnikmalar oʻz samarasini bermoqda.

Nurhayotni ushbu yutugʻi bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

LSL School — bilimdan natijagacha.

Maktab hayoti

7-sinf oʻquvchilari robototexnika darsida oʻzi harakatlanadigan mashina yaratishdi

LSL School 7-sinf oʻquvchilari robototexnika darsida oʻzi harakatlana oladigan mashina yaratishdi.

Loyiha davomida oʻquvchilar qurilmani amalda sinovdan oʻtkazish orqali oʻz bilimlarini mustahkamlashdi.

Bunday amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammo yechish koʻnikmasi va texnologiyaga boʻlgan qiziqishini yanada rivojlantiradi.

LSL School — bilimni amaliyot bilan birlashtiramiz.

Tadbir

Yaponiyaning Keio universiteti vakillari LSL School mehmoni boʻlishdi

Yaponiyaning nufuzli Keio universiteti vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida oʻquvchilarimiz universitetdagi taʼlim imkoniyatlari, talabalar hayoti va kelajakdagi yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot olishdi.

Samimiy suhbatlar rasmiy uchrashuv bilan cheklanib qolmadi. Yengil tamaddi davomida oʻquvchilarimiz mehmonlar bilan erkin muloqot qilib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va chet tili koʻnikmalarini amalda sinab koʻrishdi.

Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarimizga yangi maqsadlar, yangi qarashlar va katta ilhom beradi.

LSL School — imkoniyatlar sari bir qadam yaqinroq.

Yutuq

Bitiruvchimiz Jamshidbek Abduvohidov budjet asosida universitetga qabul qilindi

LSL School bitiruvchisi Jamshidbek Abduvohidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga budjet asosida oʻqishga qabul qilindi.

Bu yutuq — yillar davomida toʻplangan bilim, mehnat va aniq maqsad sari qilingan izchil harakatlarning natijasidir.

Jamshidbekni ushbu katta muvaffaqiyat bilan chin dildan tabriklaymiz va yangi taʼlim bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz.

LSL School — katta maqsadlar sari mustahkam qadam.

Yutuq

Bitiruvchimiz Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga qabul qilindi

LSL School bitiruvchisidan yana bir quvonchli natija: bitiruvchimiz Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga oʻqishga qabul qilindi.

Bu natija — bilim, mehnat va aniq maqsad sari qilingan izchil harakatlarning samarasidir.

Bitiruvchimizni ushbu muhim yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va talabalik davrida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

LSL School — kelajak sari mustahkam qadam.

Yutuq

Bitiruvchimiz Ozodbek Kamalov Yaponiyada oʻqishni boshlaydi

LSL School bitiruvchisi Ozodbek Kamalov oʻqish jarayonida 10 dan ortiq davlatdagi universitetlardan qabul oldi va oʻz tanlovini Yaponiyaning nufuzli Ritsumeikan University universitetida toʻxtatdi.

Endilikda bu yoʻldagi yana bir muhim bosqich ham muvaffaqiyatli yakunlandi — Ozodbekning Yaponiya vizasi tasdiqlandi.

Ozodbekni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va Yaponiyadagi yangi taʼlim bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

LSL School — katta maqsadlar sari mustahkam poydevor.

Maktab hayoti

Maktabimizda 1-qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi

Kecha maktabimizda 1-qoʻngʻiroq tadbiri koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilarimiz uchun yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi yutuqlarga boy oʻquv yili boshlandi.

Barcha oʻquvchilarimizga omad, yuqori natijalar va unutilmas maktab yilini tilaymiz!

Tadbir

APU — Yaponiyada taʼlim boʻyicha ochiq online sessiya

Ritsumeikan Asia Pacific University (APU) bilan Markaziy Osiyo talabalari, ota-onalar, oʻqituvchilar va xorijda taʼlim olishga qiziqayotganlar uchun maxsus maʼlumot sessiyasi oʻtkaziladi.

Maxsus mehmon — Aaron Quach, APU International Admissions Office, Markaziy Osiyo boʻyicha Admissions Officer.

Sessiya maʼlumotlari
  • 26-avgustSana
  • 11:00 (UZT)Vaqt
  • ZoomPlatforma

Meeting ID: 872 4839 0076 · Passcode: 242419

E'lon

0-sinf va 1-sinf oʻquvchilarini ota-onalari bilan maktabga taklif qilamiz

Hurmatli ota-onalar! LSL School xususiy maktabida 2026–2027-oʻquv yili uchun 0-sinf va 1-sinflarga qabul qilingan oʻquvchilarni ota-onalari bilan birgalikda maktabimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz.

Tashrif davomida yangi oʻquv yili, maktab muhiti va taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Tashrif kunlari
  • 26-avgustchorshanba
  • 27-avgustpayshanba
  • 28-avgustjuma
Qabul

2026–2027-oʻquv yiliga qabul davom etmoqda

Bugungi toʻgʻri tanlov — ertangi katta natijalarning boshlanishi.

LSL School’da oʻquvchilarning bilimini kuchaytirish, qiziqishlarini rivojlantirish va kelajakdagi maqsadlariga ishonch bilan qadam qoʻyishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Joylar soni cheklangan.

← Bosh sahifaga Telegram kanalimiz →